Ukraina sharqida ikki rus askar qo’lga olingan

Terrorizmga qarshi kurash markazi kotibi Andrey Lisenko ma’lum qilishicha, Lugansk yaqinlaridagi Shastye hududida qo’lga tushgan rus askarlar so’roqqa tutilmoqda.

279512
Ukraina sharqida ikki rus askar qo’lga olingan

Ukraina sharqida vaziyat hamon notinch…
Rossiya tarafdori rus isyonchilar bilan Ukraina xavfsizlik xodimlari o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda ikki rus askar qo’lga olingan.
Terrorizmga qarshi kurash markazi kotibi Andrey Lisenko ma’lum qilishicha, sharqdagi harbiy amaliyotlarda xizmat ko’rsatgan ko’ngilli askarlar tomonidan Lugansk yaqinlaridagi Shastye hududida qo’lga tushirilgan rus askarlar so’roqqa tutilmoqda.
Sulh bitimiga qaramasdan, ohirgi 24 soat ichida rus isyonchilari qo’shin askarlariga nisbatan hujumlarni avj oldirganini bildirgan Lisenko, hududda notinchlik davom etganini ma’lum qildi.
Rus isyonchilar o’q otar qurollardan foydalanib, aholi punktlariga hujum qilganini bildirgan Lisenko, hujum paytida 3 askar halok bo’lganini, 17 askar tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Belorusiyaning poytaxti Minskda Germaniya, Fransiya, Ukraina va Rossiya Davlat rahbari o’rtasida Ukraina sharqida sulh bitimini ta’minlashga doir muzokaradan so’ng, hududda 15 fevraldan e’tiboran sulh bitimi rasman kuchga kirgan edi.
Bunga qaramasdan, tomonlar o’rtasida otishmalar to’xtovsiz davom etmoqda.
Tomonlar bir-birini sulh bitimini oyoq osti qilganlikda ayblamoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar