Kipr orolida vizasiz o'tish...

Kiprning janubi bilan shimoli o'rtasidagi chegara darvozasi ochiladi.

276716
Kipr orolida vizasiz o'tish...

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezdenti Musfata Akinji, muzokaralar boshlagadan keyin qilgan ma'ruzasida, Turk tomoni chegara darvozasida vizalarni bekor qilishini bildirdi.

Bu qaror har ikki tomonni ham mamnun etdi.

Vizalar bugundan e'tiboran bekor qilinadi va chegaradan o'tish esa oson bo'ladi.

Kiprning janubi bilan shimoli o'rtasidagi chegara darvozasi 2003 yili 23 aprel kuni ochilgan edi.

Rum tomoni viza tatbiq etmas ekan, Turk tomoni hozirgi kungacha viza tatbiq etishga davom etgan edi.

'Shimoliy Kipr Turk Respublikasida endi chegaradan vizasiz o'tish mumkin. Rumlar va Turklar chegara darvozasida viza hujjati to'ldirmasdan o'ta oladi va chegarada navbat ham kutmaydi.'

Chegaradan o'tadigan kishi kimlik hujjatini chegara ma'muriga ko'rsatib o'tishi yetarli bo'ladi.

Kipr Turk Turizm va Sayohat Agentliklar İttifoqi rahbari Orhan Tolun ham, bu o'zgarishning turizm jihatidan ijobiy ta'siri bo'lishini izohladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar