O'tgan yili dunyoda 38 million aholi uy-joyidan mahrum bo’lgan

Dunyoda sodir bo'layotgan urush va to'qnashuvlar begunoh insonlarni sargardon qilmoqda.

264555
O'tgan yili dunyoda 38 million aholi uy-joyidan mahrum bo’lgan

Norvegiya qochqinlar kengashi qoshidagi mamlakat tarkibida uy-joyidan mahrum bo’lganlarni kuzatish markazining nodavlat va rasmiy tashkilotlardan olgan ma’lumotlar asosida tayyorlagan hisoboti BMTning Jenevadagi markazida e’lon qilindi.
Hisobotga ko’ra, 2014 yili uy-joyidan mahrum bo’lganlar soni oldingi yilga nisbatan, 4 million 700 ming ortish ko’rsatib, jami 38 millionga chiqdi.
Bu aholining 60%i Iroq, Janubiy Sudan, Suriya, Demokratik Kongo Respublikasi va Nigeriya fuqarolaridir.
Hisobotga ko’ra, o’tgan yili dunyo bo'yicha kunda 30 ming aholi urushlar tufayli uy-joyini tark etishga majbur bo’lgan.
2014 yili 2 million Iroq aholisi va 7 million 600 ming Suriya aholisi va 646 ming 500 Ukraina aholisi uy-joyini tashlab ketishga majbur bo’lgan.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar