Nepalda zilzila qurbonlari soni 7000 dan oshdi

Ma’lumotlarga ko’ra, qurbonlar soni 7040, yaradorlar soni 14123 nafarni tashkil qilar ekan, dom-daraksiz yo’qolib ketgan minglab aholi qidirilmoqda.

259807
Nepalda zilzila qurbonlari soni 7000 dan oshdi

Nepalda sodir bo’lgan 7.8 bal zilzila talofatlari kundan kunga og’irlashib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, qurbonlar soni 7040, yaradorlar soni 14 ming 123 nafarni tashkil qilar ekan, dom-daraksiz yo’qolib ketgan minglab aholi qidirilmoqda.
28 million aholi mavjud bo’lgan Nepalda aholining uchdan bir qismi tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko’rgan.
Mamlakatda yog’ingarchilik mavsumi boshlanish arafasida, zilziladan zarar ko’rgan 600 ming uyda yashagan aholining yomg’irga chidamli boshpanasi yo’q.
Kanalizatsiya va toza ichimlik suvi quvurlari zarar ko’rgan hududda xalqning toza ichimlik suviga katta ehtiyoji bor.
Mutahassislarning aytishicha, toza ichimlik suvi va atrof-muhitning tozaligi bo’yicha yetarli tadbir olinmagan taqdirda, yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin.
Mamlakat turizmiga ham ta’sir ko’rsatgan tabiiy ofat jami 14 nafar tarixiy asarga ziyon yetkazgan.
Ushbu tarixiy asarlardan 12 nafari Dunyo madaniy me’ros ro’yxatiga olingan.
Mamlakatda turistlarning makoniga aylangan Everest tog’ida zilzila paytida ko’chki sodir bo’lgan.
Ko’chki oqibatida yuzlab aholi nobud bo’lgan.
Qurbonlar orasida turistlarning ham borligi aytilmoqda.
So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, Everest tog’idan 50 kishining jasadi chiqarilgan, tog’da bedarak yo’qolgan yana 200 kishi qidirilmoqda.


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar