Yamandagi to'qnashuvlar davom etmoqda

Saudiya Arabiston liderligidagi koalitsiya kuchlari, Prezident Hadiyga qarashli kuchlarga yordam bermoqda.

258551
Yamandagi to'qnashuvlar davom etmoqda


Yamanda Husiylar bilan Prezident Hadiyga qarashli kuchlar o’rtasidagi to’qnashuvlar davom etmoqda.

Adan aeroportida yuz bergan to’qnashuvlarda Husiylardan 10 kishi halok bo’lar ekan Prezident Hadiyga qarashli Xalq harakati kuchlaridan 2 kishi jarohat oldi.

Xalq harakati kuchlarining, Adan aeroportining g’arb va shimoli tomonida ancha yo’l olganligi va yirik qismida nazoratni o’z qo’liga olganligi ifoda etildi.

Husiylarning esa aeroportda bazi binolar bilan nazorat punktlarini bosib olganligi haqida ma’lumot tarqatildi.

Bu bilan birga Saudiya Arabiston liderligidagi koalitsiya kuchlari, amalga oshirgan havo hujumi orqali Prezidentga qarashli kuchlarga yordam bermoqda.

Poytaxt Sanani ham bombalagan koalitsiya kuchlari, Husiylarni katta yo’qotishlarga yo’liqtirgan.

Bombalash mobaynida eng oz 20 nafar fuqaroning jon berganligi ma’lum qilindi.

Bir tomondan Yaman bilan Saudiya Arabiston chegarasida, Saudiya qo’shinlari bilan Husiylarga qarashli qurolli xalq kuchi ortasida to’qnashuv yuz berib oqibatida, 3 nafar saudiya arabistonlik askar halok bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar