Terror tashkiloti qo'lidan 234 kishi qutqarildi

Ushbu qutqarish amaliyoti Nigeriya qo'shini tomonidan amalga oshirildi.

258447
Terror tashkiloti qo'lidan 234 kishi qutqarildi

Nigeriyada Boko Haram terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyot ishlari davom etmoqda.

Nigeriya qo’shini, terror tashkiloti Boko Haramning qo’lidan ko’pchiligi ayol kishi va bolalardan iborat bo’lgan jami 234 kishini qutqarganligini e’lon qildi.

Qutqarilganlar Boko Haramning Sambisa o’rmonidagi boshpanasidan topilgan.

O’tgan yilning 14-apreli kuni mamlakatning Shimoli-sharqiy mintaqasidagi Borno shtatiga qarashli Chibok shahrida joylashgan bir maktabga hujum uyushtirilib Boko Haram jangovarlari 276 nafar o’quvchi qizlarni olib qochgan edi.

Tashkilot liderlaridan Abubakir Shekau o’quvchi qizlar, mahbusdagi Boko Haram jangovarlari qo’yib yuborilganligidagina ozod etilishi haqida aytgan edi.

Qizlardan 57 nafarigina, jangovarlar qo’lidan qochib qutilgan edilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar