Koalitsiya uchoqlari DAİShga hujum uyushtirdi

Ushbu hujum chog'ida 52 nafar suriyalik fuqaro halok bo'ldi.

259128
Koalitsiya uchoqlari DAİShga hujum uyushtirdi

Amerika Qo’shma Shtati liderligidagi koalitsiya uchoqlari Suriyadagi terror tashkiloti DAİShga qaratilgan bombardimon uyushtirar ekan bombardimon chog’ida 52 kishi halok bo’ldi.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasi koalitsiya uchoqlarining DAİShga qaratilgan bombardimonida mamlakatning shimolida joylashgan bir qishloqda 7 nafari yosh bola bo’lishi bilan birga jami 52 nafar fuqaroning halok bo’lganligi haqida ma’lumot tarqatdi.

Observatoriya o’tgan yilning sentabr oyida boshlatilgan havo harakati oqibatida bugungacha 2 ming kishining halok bo’lganligini, ulardan 922 nafarining esa DAİSh jangovarlaridan iboratligini ma’lum qildi.

Asad rejimining muholiflar nazoratidagi mintaqalarga qaratilgan hujumlari ham davom etmoqda.

Asad kuchlarining Halep va tumanlariga qaratilgan hujumlarida ichida bolalar ham o’rin olgan 23 kishi halok bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar