Nepalda zilzila qurbonlari soni 4300 dan oshdi

Toza ichimlik suvi va oziq-ovqat tanqisligi hukm surgan mamlakatda yuqumli kasalliklarning tarqalishi katta havotirga sabab bo’lmoqda.

253237
Nepalda zilzila qurbonlari soni 4300 dan oshdi

Nepalda 25 aprel kuni sodir bo’lgan 7.8 bal zilzilada qurbonlar soni 4 ming 300 dan oshdi.
Minglab aholining bedarak yo’qolgani aniqlangan mamlakatda zilzila talofatining yana ham og’irlashishi tahmin qilinmoqda.
Toza ichimlik suvi va oziq-ovqat tanqisligi hukm surgan mamlakatda yuqumli kasalliklarning tarqalishi katta havotirga sabab bo’lmoqda.
Kecha Nepalga Turkiyadan bir guruh qutqaruv mutahassisi jo’natildi.
Turk Qizil yarim oy jamiyati Nepalga ming ta adeyal va 300 quti to’la dori-darmon jo’natdi.
Bundan tashqari, Turk Qizil yarim oy jamiyati Nepal uchun safarbarlik e’lon qildi.
Pul o’tkazmoqchi bo’lgan hayrsevarlar barcha banklarda ochilgan Turk Qizil yarim oy jamiyati hisobiga pul o’tkazishi mumkin.
Yordamlar www.kizilay.org.tr internet sayti va 2868 SMS orqali amalga oshirilishi ham mumkin.
Xitoy alpinistlarning Everest tog’iga chiqishini man qildi.
Nepaldagi zilzila qo’shni davlat Hindistonda 61 va Tibetda esa, 20 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar