Iroqda bombali hujum uyushtirildi

Ushbu hujum Iroqning 3 boshqa mintaqasida so'dir bo'ldi.

251735
Iroqda bombali hujum uyushtirildi

Iroq poytaxti Bog’dodda, bomba yuklangan mashinalarda uyushtirilgan 3 boshqa hujumda, 18 kishi jon berdi.

Savdo markazlari va gavjum ko’chalar ko’zlangan hujumlarda qariyb 50 nafar kishi jarohat oldi.

Bundan tashqari, Suriya yo’lida joylashgan bir nazorat punktida ham bomba yuklangan mashinalar portlatib yuborildi. Oqibatida esa Iroq harbiylaridan 7 kishi jon berdi.

Bir tomondan DAİShga qarashli terroristlar bilan Iroq qo’shinlari ortasidagi og’ir to’qnashuvlar Fallujahga yaqin joylar bilan birga Ramadida tobora kuchayib bormoqda.

Iroq Ichki ishlar vazirligi voizi, DAİSh nazoratidagi Fallujahga yaqin joyda o’rin olgan Garma shaharini qo’lga kiritay deb qolganliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar