Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Eronda...

Eshref Gani Eron Prezidenti Ruhoniyning taklifiga binoan, Eronga dastlabki rasmiy ziyoratini amalga oshirdi.

241434
Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Eronda...

Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Eronning poytaxti Tehronga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Gavjum delegatsiya hamrohligida Tehronga safar qilgan Eshref Gani bilan Eron davlat rasmiylari o’rtasida amalga oshiriladigan uchrashuvlarda, ikki davlat munosabatlari ko’zdan kechiriladi hamda turli sohalar bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
Eshref Ganiga Eron safari chog’ida, Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Salahuddin Rabbani, Prezidentning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Muhammad Atmar Hanfi, Moliya vaziri İkil Hakimiy, Ma’dan va neft vaziri Davud Shox Saba, Qochqinlar va ko’chmanchilik vaziri Said Huseyin Olimiy Balhi va bir qator afg’on hukumat vakillari hamrohlik qilmoqda.
2014 yilning 14 iyun kuni Afg’onistonda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Eshref Gani, Eron Prezidenti Ruhoniyning taklifiga binoan Eronga dastlabki rasmiy ziyoratini amalga oshirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar