Yamandagi harbiy amaliyotlarda Husiylarga og'ir zarba berildi

26 martdan beri koalitsiyaga tegishli jangovar samolyotlar vositasida sodir qilingan 1200dan ziyod hujumda Husiylar va to’ntarilgan prezident Ali Abdullah Salih jangarilariga og’ir zarba berilgan.

234044
Yamandagi harbiy amaliyotlarda Husiylarga og'ir zarba berildi

Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlariga tegishli samolyotlar Yamanning Al-Hudeyda shahridagi harbiy zonaga hujum qildi.
General mayor Ahmed Asiriyning aytishicha, 26 martdan beri koalitsiyaga tegishli jangovar samolyotlar vositasida sodir qilingan 1200 dan ziyod hujumda Husiylar va to’ntarilgan prezident Ali Abdullah Salih jangarilariga og’ir zarba berilgan.
Kunda tahminan 120 marta havo hujumi sodir qilinganini bildirgan Asiriy, havo hujumlari asosan, Husiylar nazoratidagi hududlarga sodir qilinmoqda.
Shuningdek, Yaman hukumati dengiz orqali norasmiy kema safarlarini man qildi.
Yaman Tashqi ishlar vazirligi, barcha tijoriy va harbiy kemalar, qolaversa harbiy kemalarga tegishli jangovar samolyotlar faqatgina, Yamandagi mavjud hukumatdan ruhsat olgandagina man qilingan hududga safar qila olishini ma’lum qildi.
Man qilingan hududning chegaralari esa, e’lon qilinmadi.
Xalqaro huquqqa ko’ra, bir davlatning dengizdagi chegara kengligi 12 mildan oshmaydi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar