Amerika bilan Kuba o’rtasidagi muzlar eridi

Yarim asr o’tgach, ilk marta bir Amerika Prezidenti bilan Kuba Davlat rahbari yuzma-yuz uchrashdi.

234112
Amerika bilan Kuba o’rtasidagi muzlar eridi

Amerika bilan Kuba o’rtasidagi sovuqchilik asta-sekin bartaraf etilmoqda.
Ikki davlat maslahatchilarining katta say-harakatlari natijasida, Amerika Prezidenti Barack Obama bilan Kuba Davlat rahbari Raul Castro dastlabki rasmiy uchrashuvini Panamadagi Amerika Davlatlari Oliy yig’ilishi chog’ida amalga oshirdi.
Buni tarixiy uchrashuv deb baholagan Obama, ikki davlat o’rtasida fikrlarning farqli bo’lishi oddiy hol ekanini va bundan buyon ikki davlat o’rtasida yangi davrning boshlanishi tarafdori ekanini tilga oldi.
Raul Castro esa, barcha kelishmovchiliklarni muhokama qilishga tayyor ekanini, lekin diplomatik sohada sovuqchilikni bartaraf etish uchun sabrli bo’lish zarurligini tilga oldi.
Barack Obama bilan Raul Castro o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, Vashingtonda Kuba elchixonasi va Gavanada esa, Amerika elchixonasini ochish masalasi ko’rib chiqildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar