Xitoy bilan Nepal o’rtasida tez yurar poyezd tarmog’i qurilmoqda

Soatiga 450 km tezlik bilan yuradigan tez yurar poyezd 8882 metr balandlikka ega bo’lgan Everest tog’ining tagidan o’tadi.

232946
Xitoy bilan Nepal o’rtasida tez yurar poyezd tarmog’i qurilmoqda

Xitoy bilan Nepal davlati o’rtasida tez yurar poyezd tarmog’i qurilmoqda.
China Daily gazetasining xabariga ko’ra, soatiga 450 km tezlik bilan yuradigan tez yurar poyezd ikki davlat o’rtasidagi masofani kamaytiradi.
2020 yili yakunlanishi nazarda tutilgan temir yo’li tarmog’i Xitoyda “Qomolangma” deb atalgan 8882 metr balandlikka ega bo’lgan Everest tog’ining tagidan o’tadi.
Ushbu loyihaning me’morlaridan biri Vang Mengshuning aytishicha, oddatda soatiga 300 km tezlik bilan yuradigan tez yurar poyezdning tezligi Everest tog’idagi balandlik sababli soatiga 120 kmdan o’ta olmaydi.
Nepalning talabiga binoan hayotga tadbiq etilgan mazkur loyihaning Xitoy territoriyasidagi faoliyatlari boshlandi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar