Afg'onistonda to'qnashuv kelib chiqdi

Ushbu to'qnashuv oqibatida jarohat olgan va halok bo'lganlar mavjud.

231701
Afg'onistonda to'qnashuv kelib chiqdi

Afg’onistondagi NATO harbiylari bilan afg’on harbiylari ortasida to’qnashuv kelib chiqdi.

To’qnashuv Afg’onistonning sharqidagi Nangarhor shahrida so’dir bo’ldi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kabil elchisi Michael McKinley Nangarhor hokimi bilan uchrashuv uchun yo’lga chiqar ekan bir afg’on harbiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida NATO harbiylariga qaratib o’q uzdi.

NATO harbiylari bilan afg’on harbiylar ortasida yuz bergan to’qnashuvda bir nafar NATO, bir nafar esa afg’on harbiyi jon berdi.

To’qnashuvda Afg’onistonlik harbiylardan yana biri jarohat oldi.

O’ldirilgan NATO harbiyining fuqaroligi e’lon qilingani yo’q.

Afg’onistondagi Xalqaro xavfsizlik va ko’mak kuchi o’rniga 1-yanvar 2015-yili Qat'iy qo'llab-quvvatlash missiyasi boshlagan edi. Yangi missiya afg’on xavfsizlik kuchlariga ta’lim bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar