Amerika va Eron o'rtasidagi sanksiyalarga doir kelishmovchilik

Oq Uy Eron bilan atom muzokaralar bo’yicha yakuniy kelishuv ta’minlangan taqdirda, bu davlatga berilgan sanksiyalar birdaniga emas, balki bosqichma-bosqich bekor qilinishi kerakligini ifoda etdi.

229116
Amerika va Eron o'rtasidagi sanksiyalarga doir kelishmovchilik

Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Eron o’rtasida sanksiyalarning bekor qilinishiga doir tushunmovchilikka aniqlik kiritildi.
Oq Uy Eron bilan atom muzokaralar bo’yicha yakuniy kelishuv ta’minlangan taqdirda, bu davlatga berilgan sanksiyalar birdaniga emas, balki bosqichma-bosqich bekor qilinishi kerakligini ifoda etdi.
Eron esa, yakuniy shartnoma tuzilgan taqdirda, sanksiyalarning barchasi darhol bekor qilinishini talab qildi.
Lekin, Amerika Qo’shma Shtatlari buning Eronning atom dasturiga doir harakatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich bekor qilinishi maqsadga muvofiq bo’lishini bildirdi.
Oq Uy kotibi Josh Earnest bu mavzularning muhokamasi davom etganini eslatdi.
Amerika Prezidenti Barack Obamaning fikricha, Eronning atom dasturiga doir kelishuv evaziga, “Eron İsroilga nisbatan munosabatini o’zgartirsin” shaklida biron shart qo’yilishi katta xato bo’ladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar