Yamanda Prezidentlik saroyi Husiylar ishg'olidan qutqarildi

Yaman Respublikasining poytaxti Adan shahrida Prezidentlik saroyiga bostirib kirgan Husiylar Saudiya Arabiston jangovar samolyotlarining bombardimonidan so’ng, Prezidentlik saroyini tashlab qochishga majbur bo’ldi.

224384
Yamanda Prezidentlik saroyi Husiylar ishg'olidan qutqarildi

Yamanda Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Husiylar nazoratida bo’lgan Meyyun Oroliga havodan hujum qildi.
Aytishlaricha, havo hujumida 20dan ziyod fuqaro nobud bo’lgan.
Yaman Respublikasining poytaxti Adan shahrida Prezidentlik saroyiga bostirib kirgan Husiylar Saudiya Arabiston jangovar samolyotlarining bombardimonidan so’ng, Prezidentlik saroyini tashlab qochishga majbur bo’ldi.
Yaman Prezidenti Hadi tarafdori bo’lgan Xalq harakati bilan shiya mazhabidan bo’lgan Husiylar o’rtasidagi to’qnashuvlar tongacha davom etdi.
Xalq harakati jangchilari tuni bilan Prezidentlik saroyi joylashgan Mualla dahasining xavfsizligini saqlashga harakat qildi.
General mayor Ahmet Asiriyning aytishicha, Adan shahrida tinchlik o’rnatilgan va Husiylar shahardagi davlat tashkilotlarini ishg’ol qila olmagan.
Qolaversa, Dengiz kuchlari Husiylarga yordam yetkazilishini oldini olish maqsadida, orollarga va portlarga o’tish yo’llarini to’sib tashlagan va hududda nazorat kuchaytirilgan.
Taiz shahridagi Husiylarga qarashli havo mudofaa markazlari ham koalitsiyaga tegishli jangovar samolyotlar tomonidan nishonga olingan.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar