Shimoliy Korolina sohilida bedarak yo'qolgan baliqchi topildi

Louis Jordan ismli baliqchi 66 kun mobaynida xom baliq va yomg'ir suvi iste'mol qilgan holda tirik qolishga muvaffaq bo'lgan.

224662
Shimoliy Korolina sohilida bedarak yo'qolgan baliqchi topildi

Amerikaning Shimoliy Korolina sohilida 66 kun oldin bedarak yo’qolgan 37 yoshdagi Louis Jordan Germaniya tomonidan qutqarildi.
Yanvar oyida baliq ovlash uchun dengizga chiqqan Jordanning bedarak yo’qolganini sezgan oilasi tegishli vakillarga murojaat qilgan edi.
66 kundan beri qidirilayotgan baliqchi Shimoliy Korolina sohilida to’ntarilgan kemasining ustida yordam kutayotgan paytda Germaniya kemasi tomonidan qutqarilgan edi.
Jordan kemasining motor qismida nosozlik yuzaga kelgani sababli quruqlikka yetib kela olmaganini, xom baliq va yomg’ir suvidan iste’mol qilgan holda tirik qolganini anglatdi.
Kasalxonaga yotkizilgan baliqchining ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar