Rossiyaning Kamchatka hududida kema fojiasi ro'y bergan

Rus Interfax agentligi kemaning muz qoyaliklariga urilgan bo’lishi mumkinligini tahmin qilmoqda.

222190
Rossiyaning Kamchatka hududida kema fojiasi ro'y bergan

Rossiyaning Kamchatka hududidagi Ohotsk dengizida bir baliqchi kemasi cho’kib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, fojia oqibatida 54 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Kamchatka hududi mahalliy boshqaruvi esa, kemada bo’lgan 132 kishidan 63 nafarining qutqarilganini, bedarak yo’qolgan 15 kishi qidirilayotganini ma’lum qilgan.
Aytishlaricha, kemada 78 nafar Rossiya fuqarosi bilan bir qatorda, Myanma, Litva, Ukraina va Vanuatu fuqarosi bo’lgan dengizchilar o’rin olgan.
Rus Interfax agentligi kemaning muz qoyaliklariga urilgan bo’lishi mumkinligini tahmin qilmoqda.
Fojianing kelib chiqish sabablari tekshirilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar