Falastinlik deputat Halida Jerrar Isroilda qo’lga olindi

Isroil Qurolli kuchlarining bayonotiga ko’ra, arab deputat Halida Jerrar Isroil tomonidan ishg’ol qilingan G’arbiy Sheriyaga kirishi man qilinishiga qaramasdan, bunga amal qilmagan.

223066
Falastinlik deputat Halida Jerrar Isroilda qo’lga olindi

Isroil Falastin xalqiga nisbatan ko’rsatgan zo’ravonlikni kuchaytirdi.
Isroil xavfsizlik kuchlari Falastinlik ayol deputat Halida Jerrarni takror qo’lga oldi.
Isroil Qurolli kuchlarining bayonotiga ko’ra, Falastin Xalq ozodlik jabhasining oliy martabali a’zolaridan biri Halida Jerrarning Ramallahda qo’lga olingani ma’lum qilindi.
Aytishlaricha, arab deputat Halida Jerrar Isroil tomonidan ishg’ol qilingan G’arbiy Sheriyaga kirishi man qilinishiga qaramasdan, bunga amal qilmagan.
Halida Jerrarning umr yo’ldoshi Hasan Jerrar, rafiqasining deputat ekanini va xalq bilan yaqin munosabatda bo’lishi oddiy xol ekanini tilga olgan.
Hasan Jerrar, “Rafiqamning birgina aybi bor, u ham bo’lsa, o’z vataniga sayohat qilgan bir deputat bo’lishidir. Na inson huquqiga, na xalqaro huquqqa xurmatlari qolmadi. Bu ishg’olchi davlatga “Bas!” deyish vaqti yetib keldi”-dedi.
Jerrar bundan oldin ham Eriha hududi yaqinlarida yahudiylarning hujumiga uchragan Falastinlik oila bilan uchrashgani uchun qo’lga olingan edi.
Isroilning go’yo qo’rquv imperatorligiga aylanganini ilgari surgan Falastin Inson huquqlari tashkilotlari nafaqat Falastin aholisi uchun, balki Isroil fuqarosi bo’lgan arablar uchun ham mamlakatda yashash azobga aylanganini ma’lum qilgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar