Hujumning biri avtobusda, ikkinchisi esa futbol maydonchasida so'dir bo'ldi

Uyushtirilgan qurolli hujum natijasida jami 13 kishi halok bo'lgan.

278860
Hujumning biri avtobusda, ikkinchisi esa futbol maydonchasida so'dir bo'ldi

Afg’onistonning Vardak shahrida nomalum kishilar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujumda 13 kishi halok bo’ldi. Halok bo’lganlardan birining ayol kishi ekanligi ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha ushbu qurolli hujum poytaxt Qobuldan Gazne shahriga ketayotgan avtobus Vardak viloyatiga yetib borar ekan ana shu avtobusning ichida sodir bo’lgan.

Hujumda 2 kishi jarohat olar ekan 1 kishi halok bo’lgan.

Undan tashqari Gazne shahrining Kaze Kala mintaqasida bir velosipedga joylashtirilgan bombaning futbol maydonida portlashi natijasida 10 kishi jarohat olar ekan 5 bola halok bo’lgan.

Portlash natijasida halok bo’lgan va jarohat olgan bolalarning yoshlari 10-15 yosh orasida ekanligi ma’lum qilingan.

Tolibon, afg’on qo’shini tomonidan oqga tutilgan raketaning futbol maydonchasiga tushganligini va koplab bolalarning o’lganligini da’vo qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar