Boko Haram terror tashkilotiga qarshi kurash kuchaytirildi

Nigeriyada Boko Haram terror tashkilotiga qarshi yuritilgan harbiy amaliyotlar paytida 19 kun ichida jami 228 terrorist o’ldirilgan.

272719
Boko Haram terror tashkilotiga qarshi kurash kuchaytirildi


Niger Qurolli kuchlari kotibi polkovnik Mustafa Ledru davlat televideniyesida so’zga chiqib, Chad Qurolli kuchlari askarlari bilan hamkorlikda yuritilgan harbiy amaliyotlarda bir Niger askari halok bo’lganini, 8 askar tan jarohati olganini ma’lum qilgan.
Boko Haram terror tashkilotiga tegishli ikki tank portlatilganini ma’lum qilgan Ledru, 10 nafar harbiy vosita, terroristlar tomonidan foydalanilgan 74 mototsikl va ko’plab qurol-aslahalar musodara qilinganini ta’kidlagan.

Terroristlar Nigeriyaning shimoli sharqida joylashgan Doutchi-Damasak hududidan quvib chiqarilganini aytib o’tgan Ledru, mazkur harbiy amaliyotlar Boko Haram bartaraf etilgunicha davom etishini tilga olgan.
Niger Mudofaa vazirligi xalqni ogohlikka chaqirar ekan, ayni paytda askarlarga ko’mak berishlarini iltimos qilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar