Adan Xalqaro aeroportida havo safarlari to’xtatildi

Yaman Respublikasida maxsus xavfsizlik kuchlari bilan Prezident Abdurabbi Mansur Hadini qo’llab quvvatlagan xalq komitetlari o’rtasida ro’y bergan to’qnashuvlar sababli Adan Xalqaro aeroportida yo’lovchi safarlari to’xtatildi.

272026
Adan Xalqaro aeroportida havo safarlari to’xtatildi



Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbi Mansur Hadi poytaxt Sanaa shahridan boshqa shaharga qochib o’tdi.
Xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilgan shaharda aeroportga ketgan transport yo’llari to’sib tashlandi.
Maxsus xavfsizlik kuchlari komondoni polkovnik Abdulhafiz Es-Sakkaf Prezident Hadi tomonidan lavozimdan chetlatilgan edi.
Adan shahrida buni qoralash maqsadida bir haftadan beri notinchlik hukm surmoqda.
Maxsus xavfsizlik kuchlarining shaharda tahminan 2 ming askari xizmat o’tamoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar