Norvegiya Bosh vaziri "Armaniston" taklifini rad etdi

Norvegiya Bosh vaziri Erna Solberg, "Armaniston" taklifini rad etar ekan uning sababini ham ma'lum qildi.

265474
Norvegiya Bosh vaziri "Armaniston" taklifini rad etdi

Norvegiya Bosh vaziri Erna Solberg, go'yoki, 1915-yili yuz bergan voqealarning 100-yilligi munosabati bilan Armanistonda uyushtiriladigan hotirlash marosimlarida ishtirok etmasligini bildirdi.

Janob Erna Solberg Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyanning taklifini rad etar ekan, Norvegiya uchun, Turkiya munosabatlarining yana da muhimroq ekanligini qo’shimchaladi.

Solberg;

-“Bu mavzuda, Turkiya, bir necha bor arxivlarning ochilishini va betaraf tarixchilarning arxivlarni tadqiq qilishlarini taklif qildi. Armaniston, shunga qaramay hech qachon bu ishni amalga oshirish uchun harakat qilgani yo’q. Mening fikrimcha ham, bu mavzu, faqatgina tarixchilarning mavzusidir. Siyosatga aralashtirilmasligi kerak” dedi.

Bosh vazir maslahatchisi Baard Glad Pedersen ham;

Tarixiy mavzular haqidagi qarorlarni tarixchilarga qo’yib berilishi kerakligini ta’kidlar ekan “Bu mavzu, oxirgi yillarda keng muhokama qilinmoqda. Lekin, bu voqeaning genotsid deb hisoblanib hisoblanmasligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarori bilan aniqlanadi. Shuning uchun, bu mavzudagi baholash ishini tarixchilar amalga oshirsinlar” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar