Terror tashkiloti DAİSh kundan kunga vahshiylashib bormoqda

Internetda tarqalgan video lavhada Mossadga josuslik qilganlikda ayblangan Isroillik arab o’smir jangari qilib yetishtirilgan yosh bola tomonidan boshi tanasidan judo qilingani tasvirlangan.

257926
Terror tashkiloti DAİSh kundan kunga vahshiylashib bormoqda


Jangari bolaning oldida tiz cho’kkan arabning ismi Muhammad Musallim.
Aytishlaricha, 19 yoshda bo’lgan Musallim oktyabr oyida terror tashkiloti DAİSh safiga qo’shilgan.
Lekin, o’tgan oy Mossadga josuslik qilganlikda ayblanib qo’lga olingan va terror tashkiloti yetakchilari tomonidan o’lim jazosiga mahkum qilingan.
Musallim ushbu video lavhada Mossadga josuslik qilganini tan olgani, oilasiga tavba qilishi uchun yolvorgani, so’ngra DAİSh safiga qo’shilgan Mossad josuslariga hitoban barchasi ohiri fosh qilinishini hayqirgani tasvirlangan.
Musallimning hayqirishidan so’ng, jangari bola tomonidan boshi tanasidan judo qilinmoqda.
Ma’lum bo’lishicha, Musallimning İsroilda yashagan oilasi josus emasligini va oilasiga nisbatan tuhmat qilinganini aytgan, lekin bu ifodalar İsroil rasmiylari tomonidan inobatga olinmagan.
Qolaversa, terror tashkiloti DAİSh tomonidan tasvirga tushirilgan bunday video lavhalarga tegishli yana bir haqiqat yuzaga chiqdi.
Terror tashkiloti safidan chiqqan bir jangari ingliz televideniyesiga bergan reportajida asirlarning nima uchun video lavhalarda sokin va hotirjam bo’lib ko’ringanini anglatdi.
Jangarining aytishicha, asirlar haqiqatdan qatl qilinmasdan oldin video lavhani tasvirga olish jarayoni bir necha marta takrorlanadi.
Shu sababli asirlar haqiqatdan o’lim paytini takror deb o’ylagani uchun sokin va hotirjam bo’lib ko’ringanini anglatdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar