Boko Haram terror tashkiloti Nigeriyani qonga buladi

Boko Haram terror tashkiloti jangarilari Niyaba qishlog’ida 50dan ortiq aholini qirib tashladi.

250661
Boko Haram terror tashkiloti Nigeriyani qonga buladi

Nigeriyada Boko Haram qatliomi…
Chad Qurolli kuchlarining hujumlari natijasida katta kuch yo’qotgan Boko Haram terror tashkiloti Nigeriyani qonga buladi.
Askarlardan qochgan terror tashkiloti jangarilari Niyaba qishlog’ida 50dan ortiq aholini qirib tashladi.

Bular ichida yosh bolalarning ham borligi aytilmoqda.
Qishloqqa yetib borish mushkul bo’lgani sababli buning oldi olinmayotir.
Terroristlar tomonidan hududdagi aloqa tarmoqlari ishdan chiqarilgani uchun voqeadan kechroq xabar olindi.
Nigeriya va qo’shni davlatlar Kamerun, Benin, Chad va Niger joriy yilning 7 fevral kuni mintaqaviy tahdidga aylangan Boko Haramga qarshi 8750 askarni safarbar qilish to’g’risida qaror qabul qilgan edi.
So’ngi uch hafta ichida besh davlatda Boko Haram terror tashkilotiga a’zo 500dan ziyod terrorist o’ldirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar