Rus jurnalist Pokistonda o’lik holatda topildi

Golovnina aslida Rus fuqarosi bo’lib 5 yildan beri Reuters xabar agentliginining Pokiston va Afg’aniston byuro rahbarligini yuritayotgan edi.

229693
Rus jurnalist Pokistonda o’lik holatda topildi

Angliyaning Reuters xabar agentligining Pokiston byurosi rahbari Maria Golovnina poytaxt İslomobotdagi uyida o’lik holatda topildi.

Militsiyaning aytishicha 34 yoshidagi Golovnina o’zini yomon his qilgach ishxonasidan chiqib uyiga ketgan. Ancha vaqtdan so’ng o’rtog’lari tomonidan uyida, behush holatda topilgan.

Ortidan İslomobotdagi Kulsum kasalxonasiga yotkizilgan. Keyinchalik Pokiston Tibbiyot fanlari institutiga ko’chirilgan Golovninaning vafot etganligi haqida noxush xabar keldi.

Golovninaning o’lim sababini aniqlash uchun autopsiya jarayoni tamomlangach jasadi Rus rahbarlarga taslim qilinmoqchi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar