Ukraina sharqida vaziyat hamon notinch…

Ukraina sharqida ta’minlangan sulh bitimiga qaramasdan, to’qnashuvlar davom etgan Debaltseve hududida bir necha kun ichida 22 nafar ukrain askar halok bo’ldi.

222899
Ukraina sharqida vaziyat hamon notinch…


Ukraina sharqida ta’minlangan sulh bitimiga qaramasdan, to’qnashuvlar davom etgan Debaltsevo hududida bir necha kun ichida 22 nafar ukrain askar halok bo’lgan, 150dan ziyod askar tan jarohati olgan.
Aytishlaricha, Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Debaltsevo hududidan olib kelingan yarador askarlarning holidan xabar olgan.
Ukraina Harbiy Bosh shtab rahbariyati Debaltsevo hududida 22 askar halok bo’lgani haqida Poroshenkoga ma’lumot bergan.
Tegishli vakillarning aytishicha, hozirda 2459 ukrain askari Debaltsevo hududidan chiqarilgan, qolaversa 200 dan ziyod harbiy vositalar hududni tark etgan.
Debaltsevo hududi Rossiya tarafdorlari nazoratida bo’lgan Donetsk va Lugansk o’rtasida ko’prik vazifasini o’tashi sababli strategik ahamiyatga ega.
Qolaversa, ushbu hudud Ukraina Qurolli kuchlari nazoratidagi g’arbga tomon ketgan quruqlik va temir yo’llarini o’z ichiga olgan.
Ukrainada tomonlar o’rtasida tuzilgan sulh bitimiga qaramasdan, so’ngi kunlarda hududda qurol ovozlari tinmayotir.
Bundan tashqari, Ukraina hukumati BMTga murojaat qilish to’g’risida qaror qabul qildi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Debaltsevo hududida notinchlik davom etar ekan, xalqaro tinchlik kuchi harbiylarining mamlakatga taklif qilinishini qarorlashtirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar