Turkiya-Amerika Suriyalik muholiflarga harbiy ta'lim bermoqchi...

AQSh kotiblik voizi Jen Psaki Turkiyaning bu dasturga mezbonlik qilishi bilan bog’liq tafsilotlar ustida kelishilganini bildirdi.

222238
Turkiya-Amerika Suriyalik muholiflarga harbiy ta'lim bermoqchi...

Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Suriyalik muholiflarga harbiy ta’lim berish va texnika bilan ta’minlash bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi.
Natijada Turkiya bilan Amerika o’rtasida anchadan beri davom etgan muzokaralar ijobiy yakunlandi.
AQSh kotiblik voizi Jen Psaki Turkiyaning bu dasturga mezbonlik qilishi bilan bog’liq tafsilotlar ustida kelishilganini bildirdi.
Pentagon dastur asosida tahminan 1000 askarini Turkiya, Saudiya Arabiston va Qatarga jo’natadi.
Amerika harbiylari logistika, telekommunikatsiya va mahfiy xabarlashuv bo’yicha Suriyalik muholiflarga ko’mak beradi.
Suriyalik muholiflarga harbiy ta’lim berish va texnika bilan ta’minlash dasturining mart oyida hayotga tadbiq etilishi rejalanmoqda.
Natijada yil yakunigacha Suriyalik muholiflarning harbiy amaliyotlarga tayyor holatga kelishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur dastur yordamida dastlab 5 mingdan ziyod Suriyalik muholifga harbiy ta’lim beriladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar