Rossiya va Mojariston o'rtasida tabiiy gaz shartnomasi imzolandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mojariston Bosh vaziri Viktor Orban bilan ikki davlat o’rtasida muddati tugash arafasida bo'lgan tabiiy gaz shartnomasi bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi.

222601
Rossiya va Mojariston o'rtasida tabiiy gaz shartnomasi imzolandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kuni kecha Mojaristonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Tashrifi chog’ida Vladimir Putin Mojariston Bosh vaziri Viktor Orban bilan ikki davlat o’rtasida bu yil muddati tugaydigan tabiiy gaz shartnomasi bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi.
Bunga doir yangi shartnoma kamchiliklar yakunlanishi bilan imzolanadi.
Mojariston tabiiy gazning 85%ini Rossiyadan ta’minlamoqda.
Putinning Mojariston ziyorati chog’ida janubiy oqim va turk oqimi loyihalari muhokama qilindi.
Vladimir Putin, “Janubiy oqim loyihasidan bosh tortmadik, aksincha qurilishiga ruxsat berilmadi. Shu sababli Rossiya bu loyihani bekor qilishga majbur bo’ldi”-dedi.
Putin janubiy oqim loyihasi bilan bog’liq Rossiya va Mojariston hamkorligida tashkil qilingan “South Stream Hungary” firmasi turk oqimi loyihasining Mojaristondagi bo’limida mas’uliyat olishi mumkinligini tilga oldi.
Qolaversa, tabiiy gazning Turkiya orqali Yevropaga yetkazilishi uchun kerakli ko’makni berishini, logistik jihatdan muammo hal bo’lgan taqdirda Bolgariya orqali ham tabiiy gaz jo’natishga tayyor ekanini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar