Demokratik Kongo Respublikasida qayiq fojiasi ro’y berdi

Kongo daryosida yo’lovchilar uchun transport vositasi sifatida foydalanilgan ov qayig’ida yuz bergan yong’in oqibatida tahminan 100 kishi nobud bo’ldi.

216571
Demokratik Kongo Respublikasida qayiq fojiasi ro’y berdi

Demokratik Kongo Respublikasida qayiq fojiasi ro’y berdi.
Kongo daryosida yo’lovchilar uchun transport vositasi sifatida foydalanilgan ov qayig’ida yuz bergan yong’in oqibatida tahminan 100 kishi nobud bo’ldi.
Mahalliy vakillarning aytishicha, mamlakat shimoli sharqidagi Basoko hududida ro’y bergan fojiada 61 yo’lovchi o’zini suvga tashlab tirik qolgan.
Ma’lum bo’lishicha, qayiqning elektr tarmog’idan chiqqan alanga tezda atrofga tarqalgan va qayiq cho’ka boshlagan.
Tirik qolgan yo’lovchilar Basokoga olib kelinganini ma’lum qilgan vakillar, qutqaruv faoliyatlari davom etganini bildirdi.
Yong’inning chiqish sababi tekshirilar ekan, qayiqdagi normadan ortiqcha yukning fojiaga olib kelgani tahmin qilinmoqda.
Ohirgi 3 oy ichida mamlakatda sodir bo’lgan qayiq fojialari paytida tahminan 300 kishi nobud bo’lgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar