SYRIZA hukumati, tanqidiy qarorlarga qo’l qo’yishni boshladi

Birinchi qadam, Parlament binosi qoshida amalga oshdi...

201529
SYRIZA hukumati, tanqidiy qarorlarga qo’l qo’yishni boshladi

Gretsiyada, yangi hukumat o’z vazifasini boshlar ekan, faqatgina siyosiy mavzuda emas balki har tomonlama o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.

Chunki, SYRIZA hukumati hech qanday vaqtni boy bermay tanqidiy qarorlarga qo’l qo’yishni boshlab yubordi.

Ramziy ahamiyatga ega bo’lgan birinchi qadam, Parlament binosi qoshida amalga oshdi.

Bino qoshida joylashgan “Noma’lum askarlar haykali” yonidagi panjara, Fuqarolarni muhofaza qilish vazirligi tomonidan, “hukumatni xalqtan ajratmoqda” degan asos bilan olib tashlandi.

O’quv dasturlari to’liq o’zgartiriladi. Maktabdagi darslik kitoblar boshqatdan yozib chiqiladi. Agar ulgurilmasa, kitoplar, o’quvchilarga elektron shaklda o’qitiladi.

Hukumatning birinchi ishi, mamlakatning eng katta porti bo’lgan Pireyning maxsuslashtirilishini to’xtatish bo’lgan edi.

Bosh vazir Aleksis Tsipras, Vazirlar kengashining birinchi yig’ilishida “Berilgan kuch bizga emas balki xalqga oitdir. Suhbatlashib, kelishib birga ish olib boramiz. Hech kimni afsuslantirmaymiz” degan edi.

Aleksis Tsipras, saylov kompaniyasi jarayonida, davlatining qarzlarini to’lash uchun qo’lay imkoniyat yaratish maqsadida Yevropa İttifoqi va xalqaro tashkilotlar bilan takror muzokara qilish uchun so’z bergan edi.

Yevropa İttifoqi Komissiyasining İqtisodiy va Moliyaviy ishlaridan mas’ul a’zosi Pierre Moskovichi ham kecha bir izohat berar ekan, “Yevropa İttifoqi Komissiyasi, Gretsiyaga moliyaviy tomondan yordam bermoqda va bu yordamlar davom etadi. Hozirgi kunda, ushbu yordamlarni to’xtatish kabi niyatimiz yo’q” dedi.

Shuningdek ushbu yordamlarni davom ettirish shaklini takror muzokara qilinishini-da qo’shimchaladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar