Ukraina sharqidagi roketa hujumida 30 kishi nobud bo'ldi

Rossiya tarafdorlari Ukrainaning Donetsk viloyatiga qarashli Mariupol shahridagi turar-joy hududiga roketa otdi.

196801
Ukraina sharqidagi roketa hujumida 30 kishi nobud bo'ldi

Ukraina sharqida hamon notinchlik hukm surmoqda.
Mamlakatda tinchlik o’rnatish maqsadida diplomatik say-harakatlar davom etar ekan, to’qnashuvlarda qurbonlar soni kundan kunga ortib bormoqda.
Mariupolda sodir qilingan roketa hujumida 30 kishi hayotdan ko’z yumdi.
Rossiya tarafdorlari Ukrainaning Donetsk viloyatiga qarashli Mariupol shahridagi turar-joy hududiga roketa otdi.
500 ming aholiga ega bo’lgan shahar ohirgi kunlarda tez-tez Rossiya tarafdorlarining hujumlariga uchramoqda.
Rossiya tarafdorlari Ukraina qo’shini bilan bo’lgan janglarda g’olib bo’layotganini ilgari surmoqda.
Ba’zi hududlarda Ukraina qo’shini Donetsk chegarasigacha chekingani aytilmoqda.
Donetsk aeroportini ishg’ol qilish maqsadida sodir qilingan to’qnashuvlarda bir hafta ichida kamida 30 kishi hayotdan ko’z yumdi.
3 yil oldin ochilgan Donetsk aeroporti bir necha oy ichida harobaga aylandi.
Rossiya tarafdorlarining yetakchisi Alexander Zakharchenko Ukraina hukumati bilan sulh muzokaralariga qatnashmasligini ma’lum qildi.
Tomonlar bir-birini sulh bitimiga amal qilmaganlikda ayblamoqda.
Yevropa İttifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosatidan mas’ul vakili Federica Mogherini Rossiyani mas’uliyat olishga chaqirdi.
BMT bayonotiga ko’ra, to’qnashuvlar boshlangan aprel oyidan beri mamlakatda 5100 aholi nobud bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar