Pokiston g’arbida qurolli to'da g'alayoni...

Pokiston g’arbida joylashgan Belujiston viloyatida nazorat uchastkasiga sodir qilingan qurolli hujumda 7 kishi hayotdan ko’z yumdi.

182425
Pokiston g’arbida qurolli to'da g'alayoni...

Pokiston g’arbida joylashgan Belujiston viloyatida nazorat uchastkasiga sodir qilingan qurolli hujumda 7 kishi hayotdan ko’z yumdi.
Harbiy vakillarning aytishicha, tahminan 40 kishilik qurolli guruh Loralay tumanidagi nazorat uchastkasiga hujum qilgan.
Xavfsizlik xodimlarining qarshilik ko’rsatishi oqibatida kuchli otishma ro’y bergan.
Otishmalar paytida 7 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan.
Aytishlaricha, qurolli shahslardan ko’pchiligi yarador holda qo’lga tushirilgan.
O’tgan hafta Belujiston mahalliy boshqaruvi “Beluch” bo’luvchi to’dalarga qarshi ba’zi hududlarda nazoratni kuchaytirgan edi.
Xavfsizlik amaliyoti paytida 8 jangari o’ldirilgan edi va 15 jangari qo’lga olingan edi.
Bo’luvchi to’dalar viloyatda mustaqil Belujiston davlati qurish maqsadida muhim markazlarga hujum qilmoqda.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar