Qirg'iziston Yevrosiyo İqtisodiy Hamkorlik a'zosi....

Qirg'izistonda Yevrosyo İqtisodiy Hamkorlik va tabiiy gaz quvonchi...

170107
Qirg'iziston Yevrosiyo İqtisodiy Hamkorlik a'zosi....

Qirg'izistonda Yevrosyo İqtisodiy Hamkorlik va tabiiy gaz quvonchi...

2014 yilini turli tarangliklar bilan o'tgan Qirg'iziston, 2015 yiliga kirish bilan Yevrosiyo İqtisodiy Hamkorligiga kirish va tabiiy gaz quvonchini yashadi.

Qirg'iziston iqtisodiyotida uchinchi o'lkalardan eksport qilgan mahsulotlar bilan Rossiya va Qozog'istonga eksport amalga oshirishi muhim.

Lekin Yevrosiyo Boshxona Birligi a'zosi bo'lgan ushbu o'lkalarning, Qirg'iziston mahsulotlariga eshiklarini yopishi, so'ngi yillar o'lka iqtisodiyotini ancha suslashtirgan edi.

O'tgan oy Moskvada imzolangan Boshxona Birligi va Yevrosiyo İqtisodiy Hamkorligiga kirishini nazarda tutgan kelishuv doirasida, 2015 yili 1 Yanvar kunidan e'tiboran Yevrosiyo İqtisodiy Hamkorligiga qo'shilgan bo'ldi.

Boshxona Birligiga asil a'zoligining esa 1 May kuni bo'lishi kutilmoqda.

Qozog'iston, Qirg'iziston chegarasida boshxona nuqtalari butunlay bekor qilinadi. Shuningdek 1 millionga yaqlashgan Rossiyadagi Qirg'iz ishchilarning oldida turgan to'siqlar ham bartaraf qilingan bo'ladi.

Qirg'izlar jihatidna muhim bir o'zgarish o'lkaning janubi bilan aloqali bo'ldi.

Qirg'iz gazining Rossiyaning energiya shirkati Gazpromga sotishidan keyin Qirg'izistonning janubiga gaz bergan O'zbekiston, hududga yuborgan gazni uzgan edi.

Tahminan 9 oydan beri gazsiz qolgan o'lkaning janubidagi Osh shahri, yangi yildan odlin takror tabiiy gazga erishdi.

Gazpromning O'zbekiton bilan o'tkazgan uchrashuvlarida kelishuv tuzildi va 30 Dekabr kuni O'zbekiston klapanlarni ochdi.

Shunday qilib o'lkaning ikkinchi katta shahrida yashaganlarning tabiiy gaz e'htijoyi qoniqtirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar