AirAsya Havo Yo'liga tegishli samolyotning qoldiqlari topildi

İndoneziyalik mutahassislar ma'lum qilishicha, Pangkalan Bun shahriga yaqin dengizda 40 dan ziyod jasad topilgan.

165802
AirAsya Havo Yo'liga tegishli samolyotning qoldiqlari topildi

İndoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchar ekan, ko’zdan g’oyib bo’lgan yo’lovchi samolyotining qoldiqlari topildi.
İndoneziyalik mutahassislar dengiz tubida topilgan qoldiqlarning AirAsya samolyotiga oid ekanidan amin.
155 yo’lovchi va 7 ekipaj bilan birga salbiy havo sababli yo’nalish o’zgartirishni talab qilgan yo’lovchi samolyotini qidirish faoliyatlari 3 kun ichida o’z natijasini berdi.
Java Dengizidagi Kalimantan oroli sohilida qizil va oq rangdagi samolyot parchalari topildi.
Bu qoldiqlar samolyotning chiqish eshigi bilan kargo eshigi ekani tahmin qilinmoqda.
Pangkalan Bun shahriga yaqin dengizda 40 dan ziyod jasad topildi.
İndoneziya Transport vaziri bugun o’sha hududga jo’nab ketdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar