Rossiya "Angara-A5" modelidagi roketasini tajribadan o’tkazdi

Kecha Rossiya shimolidagi Plesetsk hududida o'tkazilgan tajribaga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning shahsan o’zi ishtirok etdi.

158343
Rossiya "Angara-A5" modelidagi roketasini tajribadan o’tkazdi

Rossiya 25 tonna yuk tashish hajmiga ega bo’lgan yangi “Angara” roketasini tajribadan o’tkazdi.
“Angara -A5” modelidagi roketa kecha Rossiya shimolidagi Plesetsk hududida tajribadan o’tkazildi.
Tajriba muvaffaqiyatli o’tganini ma’lum qilgan Rossiya Mudofaa vazirligi uchirilgan roketa rejalangan orbitaga yetib borganini bildirdi.
Tajribaga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning shahsan o’zi ishtirok etdi.
“Angara-A5” roketasi Rossiyaning mudofaa kuchini yanada kuchaytirishini aytib o’tgan Putin, “Bu roketa va koinot maydonimiz jihatidan, qolaversa butun Rossiya jihatidan juda katta yangilik”-dedi.
“Angara” roketalar turkumi Sovet İttifoqi tarqalgach, Moskva tomonidan Proton sistemasining o’rniga ishlab chiqarildi.
Yengil va og’ir modeldagi ushbu roketalar 1 yarim tonnadan 25 tonnagacha yuk tashiy oladi.
Rus mutahassislarning fikricha, mazkur sistema atrof-muhitga katta zarar bermaydi.
Ushbu yangi roketa Putinning Rossiyadagi koinot industriyasini rivojlantirish bo’yicha bergan va’dasi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.
Tajribalar butunlay yakunlangach, Rossiya barcha koinot vositalarini o’z territoriyasidan mustaqil ravishda fazoga chiqarishni maqsad qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar