İsroil askarlari Falastindagi qochqinlar lageriga bostirib kirdi

Guvohlarning aytishicha, İsroil askarlari G’arbiy Sheriyadagi “Askar Al-Jadid” nomli qochqinlar lageriga to’satdan bostirib kirib, ularga qarata o'q uzgan.

152483
İsroil askarlari Falastindagi qochqinlar lageriga bostirib kirdi

İsroil askarlari G’arbiy Sheriyada qochqinlar lageriga bosqin uyushtirdi.
Bosqin paytida İsroil askarlari qochqinlarga qarata o’q uzishi oqibatida Falastinlik bir o’smir tan jarohati oldi.
Guvohlarning aytishicha, İsroil askarlari G’arbiy Sheriyadagi “Askar Al-Jadid” nomli qochqinlar lageriga to’satdan bostirib kirgan.
Qarshilik ko’rsatgan qochqinlarga o’q uzgan İsroil askarlari 1 kishining qo’lidan yaralanishiga sabab bo’lgan.
Askarlar qochqinlarga ko’z yoshartiruvchi zaharli gaz bilan hujum qilgan.
İsroil hukumati bu voqea haqida hech qanday rasmiy izoh bildirmadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar