AQSH Afg’onistondagi harbiy xizmatchilar sonini orttirmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari 2015 - yilda Afg'onistondagi harbiy askarlarining sonini ko’paytirishni rejalashtirgan.

206721
AQSH Afg’onistondagi harbiy xizmatchilar sonini orttirmoqda

AQSH Afg’onistondagi harbiy xizmatchilar sonini orttirmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari 2015 - yilda Afg'onistondagi harbiy askarlarining sonini ko’paytirishni rejalashtirgan.

Afg'onistonda 2001- yildan buyon vazifada bo’lgan hamda soni 130 minggacha chiqqan Xalqaro Xavfsizlik Yordam Kuchi bo’lmish İSAFning o’z vazifasidagi amal qilish muddati ushbu yil oxirida o’z nihoyasiga yetadi.

Mamlakatda Afg'on Qo’mondonligiga ta’lim beruvchi 12 ming kishidan iborat NATO kuchlaridan boshqa bir ittifoq qolmaydi.

Ushbu ko’rsatgichning 9 ming 800 nafari Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan, qolgan 2 ming 200 kishi esa boshqa NATO mamlakatlari tomonidan ta’minlanadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama, may oyidagi bayonotida 2015 - yil o’rtasida Amerika harbiylari sonining yarimigacha kamaytirilishini va 2016- yil oxirida esa Amerika harbiylarining batamom chiqartirilishini ma’lum qilgan edi.

Mamlakatdagi Xavfsizlikni ta’minlovchi Afg'on Mudofaa Qo’mondonligi esa Tolibon va Al-Qoidaga qarshi kurashda yetarsiz hisoblanadi.

2014- yil davomidagi hujumlarda esa 4 ming 600 Afg'on xavfsizlik xizmatchisi halok bo’ldi.

Amerika Qo’shma Shtatlari, ushbu hududga qo’shimcha bir necha ming harbiy jo’natishni rejalashtirmoqda.

Amerika tomonidan yuborilgan qo’shimcha kuchlar Afg'onistonda qoladi hamda Amerika Qo’mondonligiga ta’lim beruvchi 12 ming kishilik NATO kuchi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Aksarlar sonining rejalashtirilgan ko’rsatgichga nisbatan bir necha ming sonda orttirilishi ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar