G'azoni qayta tiklash uchun 5 milliard dollar mablag' to'planadi

Misrning poytaxti Qohirada o'tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirokchi davlatlar Falastinga jami 5 milliard 400 million dollar moddiy yordam o’tkazish bo'yicha kelishib oldi.

154976
G'azoni qayta tiklash uchun 5 milliard dollar mablag' to'planadi

Misrning poytaxti Qohirada G’azoni qayta tiklashga bag’ishlangan konferensiya o’tkazildi.
Mazkur konferensiyaga 50 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi.
Konferensiyada G’azoni qayta tiklash uchun 5 milliard dollar mablag’ to’plashga kelishib olindi.
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas 4 milliard dollar moddiy yordamga ehtiyoji borligini oldindan ma’lum qilgan edi.
Konferensiyaga qatnashgan Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Borge Brende ishtirokchi davlatlarning Falastinga jami 5 milliard 400 million dollar moddiy yordam o’tkazishini ma’lum qildi.
Brendening aytishicha, to’plangan moddiy yordamning yarmi G’azoni qayta tiklashga sarf qilinadi.
Qolgan qismi esa, qanday ishlarga sarf qilinishi haqida ma’lumot bermadi.
Turkiya 200 million dollar yordam o’tkazishga va’da berar ekan, Qatar esa, 1 milliard dollar yordam o’tkazishini bildirdi.
Bu shaklda Qatar G’azoga eng katta moddiy yordam o’tkazgan davlat bo’lib chiqdi.
Amerika 212 million dollar, Yevropa İttifoqi 450 million evro, Quvayt bilan Birlashgan Arab Amirliklari 200 million dollar yordam o’tkazishini ma’lum qildi.
Bu mablag’ning 3 yil ichida G’azoga jo’natilishi nazarda tutilmoqda.
G’azo İsroil hujumlari sababli 2008 yildan beri 3 marta xonavayron bo’ldi.
İsroilning 7 iyulda boshlanib, jami 51 kun davom etgan so’ngi hujumlari paytida 2158 aholi nobud bo’ldi.
Hukumat binolari bilan 17 ming 200 uy vayron bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar