Xitoy Davlat rahbari Hindistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi

Xitoy 65 milliard dollarni tashkil qilgan o’zaro tijorat hajmi bilan Hindistonning eng katta tijoriy hamkori hisoblanadi.

129593
Xitoy Davlat rahbari Hindistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi

Xitoy Davlat rahbari Shi Jingping Hindistonning Ahmedabad shahriga safar qildi.
Dunyoning eng gavjum aholisiga ega bo’lgan ikki davlatning rahbarlari mamlakatlararo aloqalar bo’yicha yangi davr ustida bosh qotirmoqda.
Xitoy Davlat rahbarini Hindistonning yangi Bosh vaziri Narendra Modi kutib oldi.
Uchrashuvlarda chegara xavfsizligi kabi masalalardan tashqari, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashtirish mavzulari ko’rib chiqiladi.
Xitoy 65 milliard dollarni tashkil qilgan o’zaro tijorat hajmi bilan Hindistonning eng katta tijoriy hamkori hisoblanadi.
Lekin Hindistonning Xitoy bilan tijorat kamomadi oxirgi 12 yil ichida 1 milliard dolardan 40 milliard dollarga chiqdi.
Hindiston tuziladigan shartnomalar asosida, Xitoy bilan atom hamkorlik va temir yo’llari tarmog’ining yangilanishida Xitoy investitsiyasini jalb qilishni maqsad qilmoqda.
Xitoy bilan Hindiston o’rtasidagi muammo Arunachal Pradesh shtati bilan kelishmovchilik hamda Xitoyning Tibet hududi ruhoniy yetakchisi Dalai Lamaning Hindistonda yashayotganidan iborat.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar