Rossiya Qrimga qo’shin joylashtirmoqda

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu:“Maqsadimiz Qrim hududida o’ziga yetarli to’liq ta’minlangan qo’shinni safarbar qilishdir”-dedi.

128739
Rossiya Qrimga qo’shin joylashtirmoqda

Rossiya Qrimga qo’shin joylashtirmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Qrimni o’z ichiga olgan Janubiy harbiy hudud komondonligiga o’zgartirish kiritdi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu kecha harbiy vakillar bilan o’tkazgan yig’ilishda, 2014 yildan e’tiboran mamlakatning janubi g’arbiy hududida harbiy va siyosiy vaziyat o’zgarganini bildirib, “Maqsadimiz Qrim hududida o’ziga yetarli to’liq ta’minlangan qo’shinning safarbar qilinishidir”-dedi.
Shoygu Qrimning Rossiyaga qo’shilishi bilan Janubiy harbiy hududning geografik maydoni kengayganini va Ukrainadagi tanglik sababli mamlakat chegaralari yaqinida xorij davlatlar qo’shining faoliyati avj olganini bildirdi.
Shuningdek, “Vaziyatning bu darajaga kelgani hududda harbiy tartibni takror ko’zdan kechirishimizga sabab bo’ldi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar