Yevropa İttifoqi bilan Rossiya o’rtasida kelishmovchilik...

Tabiiy gaz jihatidan Rossiyaga qaram bo’lishni xohlamagan Yevropa İttifoqi bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Janubiy Oqim tabiiy gaz tarmog’iga qarshi chiqmoqda.

124549
Yevropa İttifoqi bilan Rossiya o’rtasida kelishmovchilik...

Yevropa İttifoqi bilan Rossiya o’rtasida Janubiy Oqim tabiiy gaz tarmog’iga doir kelishmovchilik avj olmoqda.
Yevropa İttifoqi qarzni kechiktirishi xaqidagi ifodasidan so’ng Rossiya tarmoq o’tkazilgan davlatlarga siyosiy tazyiq o’tkaza boshladi.
Avstriya bilan Mojaristondan so’ng bu safar Serbiya davlati ham Rossiya bilan loyihaga qo’shilishini ma’lum qildi.
Rossiya Yevropa İttifoqiga a’zo davlatlarning tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojining 3 dan 1 qismini ta’minlamoqda.
Janubiy Oqim tabiiy gaz loyihasida Ukrainani chetlatgan Rossiya Yevropaga tabiiy gaz eksportini yana 25%ga oshirmoqchi.
Tabiiy gaz jihatidan Rossiyaga qaram bo’lishni xohlamagan Yevropa İttifoqi komissiyasi bilan Amerika Qo’shma Shtatlari loyihaga qarshi chiqmoqda.
Yevropa İttifoqi tarmoqning qurilishini to’xtatish uchun bir bildiruv tayyorladi va mavzuga doir Rossiya bilan muzokaralarni to’xtatdi.
Rossiya Amerikaning tijoriy bahonalar bilan harakat qilganligini, Yevropa tabiiy gaz bozorini egallashga uringanligini ilgari surdi.
Bryusselning tazyig’iga qaramasdan, ba’zi İttifoqqa a’zo davlatlar va nomzod davlatlar Janubiy oqim loyihasini qo’llab quvvatlamoqda.
Bundan avval loyihadan bosh tortganini ma’lum qilgan Bolgariya keyinchalik buni inkor qildi.
Bolgariya Bosh vaziri Plamen Oresharski “Loyihadan bosh tortishimizni xohlasa bizga qo’shimcha yo’l ko’rsatsin”-dedi.
Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish uchun nomzod bo’lgan Serbiya kuni kecha Rossiya bilan tabiiy gaz quvur tarmoq qurilishi uchun 2 milliard evro qiymatiga teng shartnoma imzoladi.
Sloveniya tabiiy gaz tarmog’ining o’z chegaralaridan o’tishiga istakli yondashmoqda.
Avstriya bilan Mojariston ham Janubiy oqim loyihasini qo’llab quvvatlar ekan, İtaliya esa loyihaning yuritilishi uchun barcha imkoniyatlar sinab ko’rilishini bildirdi.
Yilda Yevropaga 63 milliard kuba metr tabiiy gaz yetkazadigan Janubiy oqim loyihasi Bolgariya, Serbiya, Mojariston, Sloveniya va Avstriyani o’z ichiga oladi va İtaliyagacha uzatiladi.
Yevropa İttifoqi tabiiy gaz tarmog’iga to’sqinlik qilish uchun İttifoq qoidalarini ishga solishi ehtimoldan holi emas.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar