İsroil jangovar samolyotlari G’azoga hujum qildi

Hujum oqibatida bir oiladan 7 kishi hayotdan ko’z yumdi.

123230
İsroil jangovar samolyotlari G’azoga hujum qildi

İsroil jangovar samolyotlari G’azoning shimolidagi bir uyga havodan hujum qildi.
Hujum oqibatida bir oiladan 7 kishi hayotdan ko’z yumdi. Bulardan 2 nafari voyaga yetmagan yosh bola ekanligi aytilmoqda.
Bu bilan birga oxirgi paytlarda İsroil tomonidan sodir qilingan hujumlarda jami 130 aholi nobud bo’ldi.
İslomiy jihod harakatining qurolli kuchlari Quddus brigadasining komondonlaridan Hafiz Hamad G’azoning shimolida joylashgan uyida İsroil qurolli kuchlari tomonidan o’ldirildi.
Hamasning qurolli kuchi İzzeddin El-Kassam brigadasi İsroilning G’azoga qarshi hujum qilishi evaziga Tel Aviv, Quddus va Hayfaga roketa hujumini sodir qilganligini bildirdi.
Shu sababli İsroil qo’shini qo’shimcha 40 ming askarni harbiy xizmatga chaqirdi.
Arab Birligi BMT xavfsizlik kengashini İsroilning hujumlarini to’xtatish uchun favqulodda to’planishga chaqirdi.
BMT ham G’azodagi vaziyatdan havotirda ekanligini ma’lum qildi.
Oq Uy esa, İsroilga qarshi roketa hujumi sodir qilinganini qoralash bilan cheklandi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar