Sudanda qurolli guruhlar hukumatga qarshi kurashmoqda

Sudan qo’shini "Adolat uchun Sudan ozodlik harakati" jangarilari tomonidan Shimoliy Sudanning El-Qubba hududiga sodir qilingan hujumni bostirishga muvaffaq bo'ldi.

111057
Sudanda qurolli guruhlar hukumatga qarshi kurashmoqda

Sudanning shimoliy Darfur shtatida qo’shin bilan Adolat uchun Sudan ozodlik harakati jangarilari o’rtasida otishma yuz berdi.
Otishmalar paytida 13 jangarining o’ldirilganligi aytilmoqda.
Shimoliy Darfur xokimi Osman Yusuf Kebir ma’lum qilishicha, Sudan qo’shini Adolat uchun Sudan ozodlik harakati jangarilari tomonidan Shimoliy Sudanning El-Qubba hududiga sodir qilingan hujumni bostirgan.
Kebir qo’shin harbiylari bilan jangarilar o’rtasida yuz bergan otishmada harakat yetakchisi Ali Kerubino bilan jami 13 jangari o’ldirilganini bildirdi.
Harakat yetakchisi Ali Kerubino Abdulvahid Muhammad Nur boshchiligidagi Sudan ozodlik harakatidan ajralib, Adolat uchun Sudan ozodlik harakatini tuzgan edi.
“Adolat va tenglik”, “Sudan ozodlik harakati” va “Sudan Xalq ozodlik qo’shini” nomli qurolli guruhlar 2003 yildan beri hukumatga qarshi kurashmoqda.
Mazkur qurolli guruhlar Sudan hukumatini Darfur hududini g’ayrioddiylashtirish va xalqiga qarshi bo’luvchi siyosat yuritganlikda ayblamoqda.
Darfur hududidagi bu kurash sababli Xalqaro jazo sudi qatliom, urush jinoyati va insoniyatga nisbatan jinoyat sodir qilganlikda ayblab 2009 yilda Sudan Prezidenti O’mer El-Beshir ustidan qamoqqa olish to’g’risida buyruq bergan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar