To’qnoshuvlar Tikrit va Samarra shaharida shiddatlandi.

Iroqda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari bilan hukumat birliklari orasidagi to’qnoshuvlar Tikrit va Samarra shaharida shiddatlandi.

109744
 To’qnoshuvlar Tikrit va Samarra shaharida shiddatlandi.

Iroqda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari bilan hukumat birliklari orasidagi to’qnoshuvlar Tikrit va Samarra shaharida shiddatlandi.
Iroq qo’shini, Samarra yaqinlarida uyushtirgan amaliyotda juda ko’p sonda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari o’ldirilgan, Beyji shahari havodan bombalangani bildirildi.
Iroq qo’shini, 10 kun oldin Iroqda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari nazoratga olgan Tikrit mintaqasida ilgarilaganini, Musul va Salahddin mintaqasiga borgan yo’llarni uzib tashlagani da’vo qilindi.
Iroqda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari shaharni nazoratlariga olganda, 190 nafar Iroq askarini otib o’ldirgan.
Iroq Mudofaa Vazirligi, Bag’dod- Samarra yo’lida juda ko’p sonda partizanni o’ldirganini mudofaa qildi, video ko’rinishlarini tarqatdi.
Iroqda Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari Bag’dodning janubiyda Shialar yashagan Mahmudiya shaharchasiga hujum uyushtirdi 8 nafar halok bo’ldi.
Iroqda, Iroq Damashq Islom Davlati partizanlari, kurt jangchilar bilan to’qnoshuvlari natijasida, Musulning Janubiyda Shia Sabalar istiqomat qilgan 6 qishloqni o’z nazoratiga oldilar.
Partizanlarning ilgarilashlari sababli, Musulning janubida Karakish minatqasida istiqomat qilgan ko’pchiligi Xristian 10 ming kishi uylarini tark etib qochib ketganlari xabar qilindi.
Buning bilan birgalikda Xitoy Xabar agentligi, to’qnoshuvlar yuzidan Samarrada qamalib qolgan 1200 Xitoylik ishchi Bag’dodga ko’chirildi.
Xitoylik ishchilar avtobus va vertolyotlar bilan 2 kunda Bag’dodga olib borilgan.
Boshqa tomondan Iroqda taniqli Shia Rahbar Ayatullah Ali Sistoni, siyosatchilarga parlament yig’iladigan seshanba kunigacha yangi bir bosh vazir, parlament rahbari va prezident belgilashlarini istadi. G’arblik manbalar esa, katta ehtimol bilan Nuri Al Moliki bosh vazirlik lavozimidan iste’foga chiqadi deb bildirishdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar