Yevropa İttifoqi Asad rejimiga qarshi sanksiyani kuchaytirmoqda

Luksemburgda to’plangan Yevropa İttifoqi tashqi ishlar vazirlari Suriyaning 12 vazirini qora ro’yxatga oldi.

104414
Yevropa İttifoqi Asad rejimiga qarshi sanksiyani kuchaytirmoqda

Yevropa İttifoqi Suriyada o’z xalqiga nisbatan kuch ishlatgan Beshar Asad rejimiga qarshi sanksiyani kuchaytirish to’g’risida qaror oldi.
Luksemburgda to’plangan Yevropa İttifoqi tashqi ishlar vazirlari Suriyaning 12 vazirini qora ro’yxatga oldi.
Suriyadagi ahvol tobora salbiy tus olib borayotganiga e’tibor qaratgan 28 a’zo davlat tashqi ishlar vazirlari Beshar Asad rejimiga tazyiqni kuchaytirdi.
Suriyalik 12 vazirning Yevropadagi mol-mulklari muzlatildi va Yevropa İttifoqi davlatlariga sayohat qilish man qilindi.
Xozirda qora ro’yxatga olingan Suriyalik vakil soni 191 nafarni tashkil qilmoqda.
Jumladan Suriya Markaziy banki bilan bir qatorda, jami 53 shirkat va tashkilotning Yevropa İttifoqi davlatlaridagi mol-mulki muzlatildi.
Sanksiya to’g’risidagi qaror ertaga Yevropa İttifoqining rasmiy gazetasida e’lon qilingach, rasman kuchga kiradi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar