Nigeriyada Jahon kubogi musobaqalari paytida qon to'kildi

Braziliya-Meksika terma jamoalari o’rtasidagi futbol musobaqasi paytida bomba ortilgan mototsikl portlatildi.

98853
Nigeriyada Jahon kubogi musobaqalari paytida qon to'kildi

Nigeriyaning shimolidagi Damaturu hududida Jahon kubogi musobaqalarini tomosha qilish uchun to’plangan olomonga hujum qilindi.
Hujum oqibatida 13 kishi hayotdan ko’z yumdi, 20 kishi yaralandi.
Braziliya-Meksika terma jamoalari o’rtasidagi futbol musobaqasi paytida bomba ortilgan mototsikl portlatildi.
Kasalxonalardan kelgan ma’lumotlarga ko’ra, qurbon bo’lgan tarafdorlar ichida yosh bolalarning ham borligi ma’lum bo’ldi.
Nigeriyadagi hodisalardan javobgar deb topilgan Boko Haram terror guruhi oxirgi paytlarda futbol tomosha qilingan stadionlarga hujum qilmoqda.
Hujumlar oqibatida 40 kishi nobud bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar