Iroqning Salahddin viloyatining katta qismini Iroq Damashq Islom

Iroqning Salahddin viloyatining katta qismini Iroq Damashq Islom Davlati tashkilotidan qaytarib olindi.

95194
Iroqning Salahddin viloyatining katta qismini Iroq Damashq Islom

Iroqning Salahddin viloyatining katta qismini Iroq Damashq Islom Davlati tashkilotidan qaytarib olindi.
Iroqning shimolidagi Salahaddin viloyati hokimi Ahmed Abulloh qilgan izohida, İroq qo’shini tomonidan ad- Duluiyye, el ishki va Mu’tasim shaharchalari bilan bir qatorda Salahaddin viloyatining ko’plab shaharchasining nazorati Iroq Damashq Islom Davlati tashkilotidan qaytarib olganlarini bildirdi. Qabila guruhlari bilan kelishuvga borib shaharchalarni qaytarib olganlarini aytgan Abdulloh, qabila rahbarlari bilan uchrashuvlar ham davom etganini bildirdi.
Boshqa tomondan, Salahaddin Politsiya markazidan bir rasmiy bergan ma’lumotga ko’ra, Nasbiya va al ishaki shaharchalarida bo’lgan Iroq Damashq Islom Davlati partizanlariga oid vositalarga qarshi qilingan hujum natijasida 9 nafar partizan o’ldirildi, 21 nafar partizan qo’lga olindi va ko’plab vosita yoqib yuborildi.
Iroq Damashq Islom Davlati tashkiloti partizanlari, o’lkaning eng katta shaharlaridan Ninova viloyati markazi Musul bilan Salahaddin viloyati markazi shahari Tikrit bilan bir qatorda to’qnoshuvlar davom etgan hududda ba’zi o’iroq joylarining nazoratini qo’lga kiritganlarini izoh etgan edi.
Iroq Damash Islom Davlati, Musulni nazoratga olishi bilan boshlagan shiddat voqealari va to’qnoshuvlarda ko’pchiligi askar va politsiyachilardan tashkil topgan 128 nafar halok bo’ldi deb bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar