Gaitida hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Namoyishlarda Davlat rahbari Michel Martellyning o’z vazifasidan iste’fo etishi talab qilinmoqda.

90621
Gaitida hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Gaitida hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Davlat rahbari Michel Martellyning o’z vazifasidan iste’fo etishini talab qilgan minglab muholif ko’chalarda to’plandi.
Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun atrofga o’q uzdi.
Namoyishchilar ham xavfsizlik kuchlariga toshlar bilan qarshilik ko’rsatdi.
Davlat rahbari Martellyni qonunbuzarlikda va 2010 yilda sodir bo’lgan zilziladan so’ng o’tkazilgan tashqi yordamlarni zimmasiga o’tkazganlikda ayblagan muholiflar muddatdan oldin saylov o’tkazilishini talab qilmoqda.
Martelly 2011 yilda prezidentlik lavozimini egalladi.
Martelly hukumati 2010 yilda sodir bo’lgan ulkan zilziladan so’ng, bozor iqtisodiyotini tartibga solishi kutilayotgan edi.
Lekin Martelly umidlarni puchga chiqardi.
Dunyoning eng kambag’al davlatlaridan biri bo’lgan Gaitida mahalliy aholi qiyinchilik bilan hayot surmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar