Men tishlarimni yuvaman, chunki...

Chunki-16

2127858
Men tishlarimni yuvaman, chunki...

 

Bugungi dasturimizda sog'ligimiz bilan bog'liq oddiy choralar bizni katta xavf-xatarlardan qanday himoya qilishi haqida gaplashamiz. Og'iz bo'shlig'i va tish salomatligi hayotimiz uchun qanchalik ahamiyatini ochib berish uchun so'zimizni "Men tishlarimni yuvaman, chunki" deb boshlaymiz.

Bizning tanamizda har biri turli funktsiyalarga ega tizimlar mavjud. Ularning vazifalari har xil bo'lsa-da, tizimlarning ishlashi bir-biridan mustaqil emas. Bir tizimdagi nosozlik boshqa, bir-biriga bog'liq bo'lmaydigandek ko'rinadigan tizimni xavf ostiga qo'yadi. Misol uchun, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, milklarda yuzaga kelgan kasallik bilan yurak kasalliklari o'rtasida bog'liqlik bo'lishi mumkin.

Taxminan yuz yil avval, tish karisi o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan kasalliklar qatorida edi. Tibbiyot va farmatsevtika sanoatidagi o'zgarishlar bilan bu muammo bartaraf etilgan bo'lsa ham, og'iz bo'shlig'i va stomatologiya sohasi salomatligimiz bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muammo bo'lib qolmoqda. Ma'lumki, og'iz bo'shlig'ining yallig'lanishi va mulk kasalliklari organizmda umumiy yallig'lanishni keltirib chiqaradi. Surunkali yallig'lanish yurak kasalliklari, diabet va boshqa tizimli kasalliklar bilan bog'liq.

Og'iz bo'shlig'i va stomatologik parvarish, birinchi navbatda, kasalliklardan himoya qilish uchun muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak bo'lgan bir qator xatti-harakatlarni anglatadi. Ulardan eng muhimi, kuniga ikki marta tishlarni yuvish uchun ikki yoki uch daqiqa vaqt ajratishdir. Tishlarni cho'tka bilan yuvish og'izdagi tish plastinkasi va bakteriyalarni olib tashlash uchun eng asosiy stomatologik parvarish bosqichidir.

Tish cho'tkasi mulklarni tozalaydi va qon aylanishini oshirib, mulk salomatligini qo'llab-quvvatlaydi. Tishlar cho'tka bilan yuvilganda, og'izdagi oziq-ovqat qoldiqlari va bakteriyalardan xalos bo'lishga yordam beradi. Ayni vaqtda og'izdan yomon hidni yo'q qiladi.

Bundan tashqari, shakarli va kislotali yeguliklardan voz kechish ham og'iz va tish salomatligimiz uchun muhim ehtiyot chorasidir. Yiliga ikki marta stomatologik tekshiruvlar og'riq keltirmaydigan yoki hech qanday alomat ko'rsatmaydigan kasalliklarga qarshi choralar ko'rish imkonini beradi..  

Hurmatli tinglovchilar, so'zimizning oxirida yana bir bor ta'kidlamoqchimizki, tishlarni muntazam tozalash nafaqat og'iz bo'shlig'i salomatligiga, balki butun tanamizga foyda keltiradi.

 


Tanlangan kalimalar: #tish muolajasi

Aloqador xabarlar